Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pensiya va ish haqi bank kartalari orqali toʻlanadi
17:58 / 2020-04-13

Markaziy bankdan xabar berishlaricha, Respublika maxsus komissiyasi tavsiyasiga koʻra aholiga ish haqi va pensiya toʻlovlari bank kartalari orqali amalga oshiriladi.


Markaziy bankdan xabar berishlaricha, Respublika maxsus komissiyasi tavsiyasiga koʻra aholiga ish haqi va pensiya toʻlovlari bank kartalari orqali amalga oshiriladi.

Xususan, hozirda mahalliy hokimliklar, banklar, Moliya vazirligi qoshidagi gʻaznachilik hududiy boʻlinmalari hamda Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi, uning hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda bu borada barcha tashkiliy ishlar boshlab yuborilgan.

Unga koʻra, pensiya toʻlovlarini amalga oshirish dastlabki bosqichda, yaʼni joriy yilning may oyidan boshlab, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida istiqomat qiluvchi aholining pensiya toʻlovlari bank kartalari orqali amalga oshiriladi. Keyingi oylardan bosqichma-bosqich qolgan hududlarda davom ettiriladi.

Bunda pensionerlar tomonidan bank kartalarini ochish va unga ega boʻlish uchun Xalq banki boʻlimlariga borib yurishlari talab etilmaydi. Yaʼni Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan fuqarolar toʻgʻrisidagi kerakli maʼlumotlar karta ochish uchun Xalq banki boʻlinmalariga elektron shaklda yuboriladi va bank tomonidan ularga karta ochiladi.

Soʻngra oylik pensiya toʻlovlari Pensiya jamgʻarmasi boʻlinmalari tomonidan shakllantiriladigan qaydnomalar asosida fuqaroning kartasiga oʻtkaziladi.

Xalq bankining masʼul xodimlari ushbu kartalarni ularning egalariga barcha sanitar qoidalariga toʻliq rioya qilingan holda yashash manzillari boʻyicha yetkazib beriladi.

Xalq banki xodimlari pensionerlarga oʻzlarining bank kartalari yetkazib berilgan vaqtda uni rasmiylashtirish uchun fuqarodan faqatgina ariza va uni bank kartasini qabul qilib olganligi toʻgʻrisida imzo soʻraladi.

Shu oʻrinda, toʻlovlarni amalga oshirish uchun respublikaning barcha hududlarida tegishli infratuzilma mavjudligini qayd etamiz.