Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pensiya tayinlashda bir qancha o‘zgarishlar amalga oshiriladi
12:51 / 2024-09-07

Endilikda fuqaroning ish haqlari va ish stajlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomalarini taqdim etish yuzasidan rasmiy xat kiritish, fuqarolarni arxivlarga yuborish hollariga barham beriladi.

Mavjud qonunchilikka muvofiq, davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan mehnat staji, ish haqi, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qish hamda harbiy xizmat davri to‘g‘risidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinishi, bunda, pensiyaga chiqish huquqi paydo bo‘lgan chog‘ida ishlamaydigan fuqarolarga o‘zlarining mehnat daftarchalaridagi mehnat staji to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Bandlikka ko‘maklashish markazlariga murojaat qilish orqali “Yagona mehnat milliy tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritish xizmati joriy etilishi belgilangan.

Arxiv ma’lumotlari talab etilmasdan ish staji va ish haqi miqdori qanday aniqlanadi?  

“O‘zarxiv” agentligi axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyevning  ma’lum qilishicha, 2005-2016 yillar davri uchun – jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, 2016-2018 yillar davri uchun – fuqarolarning Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri ma’lumotlari,  2019 yil uchun – fuqarolarning ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestri ma’lumotlari hamda  2020 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun – Yagona milliy mehnat tizimi Idoralararo dasturiy apparat kompleksidagi mavjud ma’lumotlar asosida  ish staji va ish haqi miqdori aniqlanadi.

Ushbu davrlar uchun arxiv ma’lumotlaridan faqat axborot tizimlarda zarur ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda, noaniq ma’lumotlar mavjud bo‘lganida Pensiya jamg‘armasi bo‘limining so‘rovi yoki fuqaroning murojaati asosida foydalanishi mumkinligi belgilangan.

Endilikda, “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi arxivlar fuqarolarning ish haqi va ish stajini hamda yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomalarini taqdim etishni qat’iy ravishda davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali ko‘rsatadi.

Pensiya tayinlashda axborot tizimlarida zarur ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yagona portalda (arm.gov.uz) ochilgan shaxsiy kabinet orqali Idoralararo integratsiyalashgan platforma yordamida yo‘llagan so‘rovi asosida “my.archive.uz” dasturi orqali QR-kodli arxiv ma’lumotnomalari elektron shaklida taqdim etiladi.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA