Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pensiya jamg‘armasi tizimida moliyaviy xatoliklar va ortiqcha pensiya to‘lovlari aniqlangan
19:10 / 2022-08-24

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ichki audit va moliyaviy nazorat bo‘limi boshlig‘i Dilshod Mirsaidov Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining ichki audit xizmati tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Pensiya jamg‘armasi Ijro etuvchi apparatining Ichki audit xizmati tomonidan 2022 yilning I yarim yilligida o‘tkazilgan barcha o‘rganishlar va nazorat tadbirlarida respublika bo‘yicha jami 3 292 holatda 5 718,3 mln. so‘mlik moliyaviy xatoliklar va ortiqcha pensiya to‘lovlari aniqlangan.

«Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi» tamoyili asosida Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 apreldagi qarori bilan pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolarga 7 turdagi nafaqalar hech qanday hujjatlarsiz Davlat xizmatlari agentliklari yoki YePIGUga murojaat qilish orqali tayinlanishi yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, endilikda farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa («suyunchi» puli) va dafn marosimi uchun nafaqa puli uchun Pensiya jamg‘armasiga ariza taqdim etmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xalq banki kassalari orqali to‘lanadigan bo‘ldi.

Prezidentimizning 2021 yil 4 maydagi tegishli qarori bilan ma’lumotlarni inson omilisiz elektron axborot almashinuvidan olish orqali barcha turdagi davlat pensiyalarini joriy yil iyul oyidan boshlab fuqarolardan faqat birgina pasport yoki ID-karta ma’lumotlari talab qilish orqali tayinlash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Fuqarolardan murojaat qilish talab etilmagan holda bolalikdan nogironlik belgilangan bolalarga va parvarishlash nafaqasini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga «Proaktiv» usulda nafaqa tayinlash xizmatini joriy etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

M.Qosimova, O‘zA