Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pensiya jamg‘armasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayrim xabarlarning yolg‘on ekanligini ma’lum qildi
11:26 / 2022-05-30

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlar – Telegram messenjeridagi kanal va guruhlarda go‘yoki O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga sovg‘a sifatida barcha bolalarga 200 ming so‘mdan tarqatilishiga oid xabarlar tarqalmoqda.

"Mazkur xabar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi",  deydi  Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori Abdulaziz Haydarov.

Eslatib o‘tamiz, aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik  mavjud, deya raddiya beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Matbuot xizmati.

O‘zA