Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Pensiya alifbosi” nomli kitobcha tayyorlandi
17:55 / 2020-08-18

Aholi orasida pensiya taʼminotiga oid savodxonlikni oshirish, bu boradagi tushunchalarni keng targʻib qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi qator ishlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, jamgʻarma tomonidan maktabgacha taʼlim va boshlangʻich sinf yoshidagi bolalarning ijtimoiy savodxonligini oshirish, pensiya tizimi toʻgʻrisidagi dastlabki tushunchalarni shakllantirish hamda pensiya tizimida ishtirok etish afzalliklarini oʻzida aks ettirgan “Pensiya alifbosi” nomli kitobcha tayyorlandi.

Pensiya jamgʻarmasi axborot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, mazkur kitobchada kitobxonlar respublikada belgilangan pensiyaga chiqish yoshi, pensiya miqdoriga taʼsir koʻrsatuvchi omillar, korxona tashkilotlarning pensiya jamgʻarmasi uchun toʻlaydigan ijtimoiy soliqning afzalliklari hamda pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi mumkin.