French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Penchak silat: O‘zbekiston kubogi Toshkent viloyati jamoasiga nasib etdi
12:04 / 2023-12-28

Poytaxtimizda penchak silat sport turi bo‘yicha bir hafta davom etgan O‘zbekiston kubogi musobaqalarida yurtimizda ushbu sport turi bilan shug‘ullanib kelayotgan ming nafardan ziyod yosh sportchilar ishtirok etdi.

Mamlakat kubogining saralash bellashuvlari Toshkentdagi “Jar” sport majmuasida tashkil etilgan bo‘lsa, musobaqaning final bahslari “Universal” sport majmuasida o‘tkazildi.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston penchak silat federatsiyasi hamda hamkor tashkilotlar ko‘magida o‘tgan mamlakat kubogining to‘rt kunlik bellashuvlari sarhisobiga ko‘ra, Toshkent viloyati vakillari umum jamoa bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston kubogi yakunida xalqaro musobaqalarda, qit’a va jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishib kelayotgan mahoratli penchak silatchi  Nurislom Ro‘ziboyev “Yilning eng kuchli sportchisi” nomiga munosib ko‘rildi. Shuningdek,  g‘olib va sovrindor sportchilar, jamoalar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA