Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Penchak silat bo‘yicha Osiyo chempioni va sovrindorlari tantanali kutib olindi
15:44 / 2025-10-03

Yosh sportchilarimiz xalqaro maydonda qo‘lga kiritayotgan har bir yutuq mamlakatimizning obro‘sini yanada yuksaltirib, sportga qiziquvchi yosh avlod uchun namuna bo‘lib xizmat qiladi. Hindistonda o‘tkazilgan penchak silat sport turi bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari munosib ishtirok etgan holda 1 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Bugun Toshkent xalqaro aeroportida ushbu chempionatda muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilarimiz tantanali ravishda kutib olindi.

Tadbirda Sport vazirligi mas’ullari, Penchak silat federatsiyasi rahbariyati, OAV vakillari hamda sportchilarning yaqinlari ishtirok etdi.

Penchak silat — Janubiy-Sharqiy Osiyoda, asosan Indoneziya va Malayziyada shakllangan an’anaviy jang san’ati bo‘lib, u nafaqat o‘zini himoya qilishga qaratilgan, balki jismoniy va ruhiy tayyorgarlikni oshirish hamda madaniyatni saqlash va tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.

Aytish joizki, penchak silat sporti Osiyo mintaqasida va jahonda tobora rivojlanib bormoqda. U III yoshlar Osiyo o‘yinlari (Bahrayn) hamda VI Islom birdamlik o‘yinlari (Saudiya Arabistoni, Ar-Riyod) dasturidan joy olgan.

Nigora Rahmonova, O‘zA