Pelosi Yaponiyaga keldi
Kuni kecha Tayvanga tashrifi bilan Amerika va Xitoy munosabatlarida keskinlik keltirib chiqargan AQSH kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi bugun Yaponiyaga keldi.
Kiodo agentligining yozishicha, Osiyo safarini davom ettirayotgan Nensi Pelosi boshchiligidagi delegatsiya o‘tirgan maxsus bort bugun Yaponiyaga kelib qo‘ngan. U Tokioga Janubiy Koreyadan keldi. Juma kuni Pelosining Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida bilan uchrashuvi belgilangan.
Pelosining Osiyo safari Singapur, Yaponiya, Janubiy Koreya, Malayziya va Tayvanga tashrifi bilan o‘tmoqda. Birinchi kuni u Singapur va Malayziyada bo‘ldi. So‘ngra Tayvanga keldi. Tayvan tashrifi Xitoyning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi.
AQSH kongressi vakillar palatasi spikerining Tayvanga ushbu safari 1997 yildan buyon ilk bor kuzatilmoqda.