Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pelosi Tayvanni tark etdi
16:06 / 2022-08-03

AQSH bilan Xitoy munosabatlari keskinlashuviga sabab bo‘lgan AQSH Kongressi vakillar palatisining spikeri Nensi Pelosi o‘tirgan samolyot Taybey aeroportidan uchib ketdi.

Maxsus bort Tayvanning Sunshan aeroportidan  mahalliy vaqt bilan soat 18:01 da havoga ko‘tarildi va Janubiy Koreya tomonga uchmoqda.  

Yaponiya OAV tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, bort havoga ko‘tarilishi oldidan oltita F-15 qiruvchi samolyotlari va uchta yoqilg‘i quyish samolyoti Okinavadagi Amerika harbiy bazasidan Tayvanga uchgan.   

Pelosining Tayvanga safari 19 soatu 20 daqiqani tashkil etgan. 

Washington Post gazetasining yozishicha, Tayvanda haqiqiy inqiroz Pelosi uchib ketganidan keyin boshlanishi mumkin. Chunki Xitoy tashqi ishlar vazirligi ushbu tashrifga javoban ko‘riladigan keskin choralar hali oldinda, deb bayonot bergan.  

Xitoy ertadan boshlab Tayvan atrofidagi oltita hududda parvozlarni cheklaydi, u yerda harbiy mashqlar boshlanadi. Ekspertlarning fikricha, harbiy mashqlar ko‘rinishida Pekin orolni butunlay qamal qilishi mumkin.  

Xitoy Tayvanni o‘zining provinsiyasi, deb hisoblaydi va Xitoy bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan har qanday davlatning yuqori lavozimli vakillari  Taybey bilan aloqa o‘rnatishiga keskin qarshi ekanini ta’kidlab keladi.  

Oq uy “yagona Xitoy” pozitsiyasi tarafdori ekanini tasdiqlagan va Pelosini o‘zi mustaqil qaror qilgan, deb ushbu tashrifga mas’ul emasligini ma’lum qilmoqda.