Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pelosi Tayvan ma’muriyati va parlamentida uchrashuvlar o‘tkazdi
08:59 / 2022-08-03

AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvan ma’muriyati rahbari Say Inven bilan uchrashdi, deb xabar berdi “TTV” telekanali.

“Bugun delegatsiyamiz bilan Tayvanda bo‘lib turganimizdan juda mamnunman. Biz mazkur orolga bo‘lgan sadoqatimizdan voz kechmasligimizni va vaqt sinovidan o‘tgan do‘stligimizdan faxrlanaman”, “Bloomberg” telekanali Pelosi bayonotidan iqtibos keltirdi.

Tayvan parlamentida Qonunchilik palatasi raisining o‘rinbosari Say Sichan bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida Pelosi “Biz parlamentlararo hamkorlik va muloqotni kengaytirish niyatidamiz”, dedi. 

O‘z navbatida Say Sichan Pelosini “Tayvan xalqining buyuk do‘sti”, deb atadi va uning orolga tashrifini yuqori baholadi. 

Parlament spikeri Yu Sikun koronovirus xastaligi tufayli amerikalik hamkasbi bilan ko‘risholmagan. “Spiker tuzalib olgach, u bilan videokonferensaloqa shaklida gaplashib olamiz”, degan. 

AQSH parlament delegatsiyasi Tayvanning to‘rtta yetakchi siyosiy partiyalari vakillari bilan bilan uchrashishi rejalangan.

Pelosining Tayvanga e’lon qilinmagan tashrifi munosabati bilan tarqatilgan bayonotda Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I “Qo‘shma Shtatlar Tayvan bo‘g‘ozidagi tinchlik va barqarorlikning “asosiy buzg‘unchisi”, deb atagan. 

“Biz tashqaridan aralashuv va Tayvan mustaqilligi tarafdori kuchlariga o‘rin qoldirmaymiz”.

Hukumat Tayvan bilan milliy birlashuv jarayonini albatta oxiriga yetkazadi, deyiladi bayonotda.

“Tayvan Xitoyning bir qismidir. Milliy birlashuvni amalga oshirish tarixiy muqarrar bir hodisadir”. “Orol muammosi mamlakat zaif va tartibsiz holatda bo‘lganida paydo bo‘lgan va u albatta muvaffaqiyatli tugaydi”, deb qo‘shimcha qilgan Van I.

“Qo‘shma Shtatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomini buzishni va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida Tayvan kartasini o‘ynashni bas qilmog‘i kerak”, dedi TIV rahbari. 

 

 

Abror XON. O‘zA