Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pekindagi xalqaro forumda «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi haqida ma’lumot berildi
18:26 / 2023-09-27

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov boshchiligidagi ekspertlar Pekin shahrida o‘tkazilgan “Bir makon, bir yo‘l”ning o‘n yillik tashabbuslari, erishilgan natijalar va istiqbollar” mavzuidagi xalqaro forumda ishtirok etdi.

Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotlar instituti tomonidan tashkil etilgan forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad – “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarini yanada mustahkamlash, o‘n yillik hamkorlik natijalarini sarhisob qilish hamda yangi takliflar yuzasidan fikr almashishdan iborat bo‘ldi.

Xalqaro forumda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori E.Tulyakov O‘zbekiston va XXR o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlar izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

– Bugungi kunda Xitoy O‘zbekistonning muhim tashqi siyosiy va iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi, – dedi E.Tulyakov. – Keyingi yillarda ikki mamlakat o‘rtasida erishilgan salmoqli natijalar ko‘p qirrali strategik hamkorlikni jadallashtirish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shuningdek, forumda «O‘zbekiston – 2030» strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ham ma’lumot berildi.

Xususan, strategiya aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot, ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish, xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish, mamlakatning suvereniteti, xavfsizligini kafolatli ta’minlash kabi asosiy g‘oyalarni o‘z ichiga olganligi qayd etildi.

O‘zA