Xitoyning barcha hududlaridan s’ezdda kelgan delegatlar mamlakatning kelgusi rivojlanish yo‘nalishini belgilab oladi hamda partiyaning oliy rahbariyatini saylaydi.
S’ezd XXR siyosiy hayotida muhim voqea hisoblanadi. Xitoy Kommunistik partiyasining birinchi s’ezdi 1921 yilda bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda partiya a’zolari soni jami 50 kishini tashkil etgan. Bugunga kelib partiya a’zolarining soni 96,7 million kishini tashkil etadi. Ular 1,5 milliardlik nufusga ega bo‘lgan mamlakat hayotining barcha jarayonini boshqaradi. Avvallari partiya s’ezdlari turli tanaffuslar bilan turli vaqtlarda chaqirilar edi, 1977 yildan buyon s’ezd har besh yilda bo‘lib o‘tmoqda.
Yakshanba kuni s’ezdda delegatlar partiya bosh kotibi Si Szinpinning ma’ruzasini tinglaydi.
Xabarda ta’kidlanishicha, partiya yetakchilari Si Szinpinni uchinchi muddatga Xitoy Kommunistik partiyasining bosh kotibi va Markaziy harbiy kengash raisi etib saylashi mumkin.
Siyosiy tadbir 22 oktyabrgacha mo‘ljallangan.