Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pekinda uch yoshdan o‘tgan bolalarni COVID-19 ga qarshi emlash boshlandi
15:18 / 2021-10-29

Xitoy hukumati saytida shu haqda xabar berildi.

"28 oktyabrda Pekinda 3 dan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni koronavirusga qarshi vaksinatsiyalash ishlari rasman boshlandi", - deyiladi xabarda.

Xitoyning sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi tarqatgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, xitoylik shifokorlar shu kungacha COVID-19 ga qarshi 2,25 milliarddan ortiq emlashni amalga oshirgan.

 Kelasi yilning  fevral-mart oylarida Pekinda qishqi Olimpiada va Paraolimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Xitoy hukumati avvalroq koronavirusga qarshi to‘rtta vaksinani ma’qullagan edi.  

Xitoyda emlash jarayoni tekin va hohishga qarab amalga oshirilmoqda.