Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pekinda O‘zbekiston madaniyati va sayyohlik salohiyati namoyish etildi
11:43 / 2023-10-26

Pekindagi Szyaotun universitetida xalqaro madaniyat festivali bo‘lib o‘tdi. Anjumanda mamlakatimizning Xitoydagi elchixonasi vakillari ushbu ta’lim maskanida tahsil olayotgan vatandosh-talabalar bilan birga ishtirok etib, diyorimiz madaniyati va sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib qildilar.

Tadbir doirasida milliy stendimiz tashkil etildi, o‘zbek pazandalik san’atini ko‘rsatish maqsadida osh tayyorlandi, milliy kuy-qo‘shiqlarimiz ijro etilib, an’anaviy liboslarimiz namoyish etildi.

Diplomatlarimiz tomonidan ishtirokchi va mehmonlarga so‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan mamlakatimizda turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari xususida ma’lumot berishdi.

Xitoylik sayyohlarni jalb qilish uchun mamlakatimizda yaratilgan imkoniyatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

2021 yil 1 martdan boshlab O‘zbekistonda xitoyliklar uchun 10 kungacha vizasiz yurish tizimi joriy etilgani, ayni vaqt Pekin, Sian, Urumchi, Chendu shaharlaridan Toshkent va Samarqandga haftasiga 16 marta havo qatnovi yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.

Tadbir adog‘ida O‘zbekistonni dunyoga yanada keng tanitish, yurtimizga xorijlik sayyohlar oqimi oshirishga xizmat qiladigan o‘zbek, xitoy, ingliz tillarida chop etilgan materiallar tarqatildi.

O‘zA