Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pekinda oltmishdan ziyod metro bekatlari yopilgani ma’lum bo‘ldi
19:05 / 2022-05-04

Xitoy poytaxti Pekinda koronavirus keng tarqalayotgani tufayli oltmishdan ziyod metro bekatlari yopildi. Bu haqda metro ma’muriyati “Veybo” sayti orqali ma’lum qildi.

– Epidemiyaning oldini olish va unga qarshi kurash choralariga muvofiq, 2022 yil 4 maydan boshlab qator metro bekatlari maxsus bildirishnoma chiqarilgunga qadar yopildi, – deyiladi bayonotda.

Mahalliy hokimliklar farmoyishiga binoan, barcha boshlang‘ich va o‘rta ta’lim maktablari, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ham ertadan boshlab darslar bir haftaga to‘xtatiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, Pekinda COVID-19 tarqalish xavfi yuqori bo‘lgan 12 ta epidemiologik hudud va 34 ta o‘rtacha xavf nuqtalari belgilangan. Shaharda oxirgi 24 soat ichida 51 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganligi aniqlangan.