Pekinda «Nur borki, soya bor» kitobining taqdimoti o‘tkazildi
Pekinda tashkil etilgan 30-Xalqaro kitob ko‘rgazmasi doirasida O‘tkir Hoshimovning «Nur borki, soya bor» asari xorijda faoliyat yuritayotgan yurtdoshimiz Dildora Ismoilova tomonidan xitoy tiliga tarjima qilinib, ushbu kitob taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbirda elchixona, Xitoy Xalq Respublikasining matbuot muassasalari, nashriyot va bosmaxona vakillari, adabiyotshunos olimlar ishtirok etdi.


So‘zga chiqqan «Duzhe» noshirlik uyi prezidenti Van Syanmen, nashr muharriri Ma Lina va boshqalar ikki xalq o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashda badiiy adabiyotlar tarjimasi muhim ahamiyat kasb etishini e’tirof etdi.

Tarjimonning boshqa durdona asarlarimizni ham xitoy tiliga o‘girish va elchixona yordamida nashr ettirishni rejalashtirgani diqqatga sazovordir.
N.Usmonova, O‘zA