Samarqand davlat universiteti dunyoning Xitoyning birinchi raqamli universiteti bilan hamkorlik qiladi.
Samarqand davlat universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Pekin universiteti Farmatsevtika fanlari instituti professori, akademik Zhang Qiang boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Martabali mehmonlar bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov uchrashdi.
Tashrifidan asosiy maqsad SamDU olimlari bilan yaqindan hamkorlik qilish, laboratoriyalar faoliyati, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar bilan tanishishdir.
Muloqotda SamDU Biokimyo instituti tadqiqotchilari Pekin universiteti professor-o‘qituvchilari rahbarligida ilmiy izlanishlar olib borish, SamDUda organik sintez, bioorganik kimyo, biokimyo, farmatsevtika va tibbiy kimyo yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan Pekin universiteti farmatsevtika fanlari institutining ilmiy maktabini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Hamkorlikda dunyodagi eng nufuzli “Science” va “Nature” jurnallarida ilmiy maqolalar jop etish, dolzarb mavzudagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishildi. Mazkur loyiha O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida fotonika va optik kommunikatsiyalar yo‘nalishida magistrlik dasturlarini yaratish, o‘quv laboratoriyalarini jihozlash hamda o‘qituvchilarning malakasini oshirishga qaratilgan.
Muzokaralarning keyingi bosqichi Pekin universitetida o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Pekin universiteti Farmatsevtika fanlari instituti jahon reytingda top-13, Xitoyda esa top-1 o‘rindan joy olgan. Aytish joizki, 2015 yil oktyabr oyida Pekin universiteti professori “Tu Youyou artemisinin” dori vositasi kashfiyoti uchun fiziologiya va tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.
O‘zA