Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pekin Ukraina nizosini to‘xtatish uchun bor imkoniyatini ishga soladi
10:48 / 2023-06-14

Xitoy Ukrainadagi keskinlikni yumshatish, tomonlar o‘rtasida muzokarani qayta boshlash uchun barcha imkoniyatdan foydalanadi, dedi XXRning Rossiyadagi elchisi Chjan Xanxuey.

- Xitoy bundan keyin ham “Ukraina inqiroziga siyosiy yo‘l bilan barham berish bo‘yicha “o‘z pozitsiyasi” asosida tomonlar bilan muloqotni mustahkamlaydi, murosa yo‘lini shakllantiradi, o‘zaro ishonchni kuchaytirishga harakat qiladi, xalqaro hamjamiyatning harbiy amaliyotni to‘xtatishga qaratilgan sa’y-harakatini qo‘llab-quvvatlaydi, inqirozni siyosiy yo‘l bilan hal qilishda bor imkoniyatini ishga soladi, - deya ta’kidladi diplomat.

XXR Yevrosiyo mintaqasi ishlari bo‘yicha maxsus vakili Li Xuey 15-28 may kunlari Yevropaga safar qilib, Ukraina, Polsha, Fransiya, Germaniya, Belgiya va Rossiyaga bordi, hamkorlar bilan Xitoyning inqirozni siyosiy yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha tinchlik tashabbusini muhokama qildi.

Mamlakat hukumati fevralda mojaroni to‘xtatish bo‘yicha reja ham taqdim etgan edi.