Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pekin transport universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturi amalga oshiriladi
15:24 / 2025-10-23

Toshkent davlat transport universitetida Xitoy Xalq Respublikasining Pekin transport universitetidan tashrif buyurgan delegatsiya vakillari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Tashrif doirasida mehmonlar universitet kampusi bo‘ylab sayohat qilib, yaratilgan ta’lim, ilmiy-tadqiqot va infratuzilma sharoitlari bilan tanishdi.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish, shuningdek, «Ipak yo‘li yuqori tezlikdagi temir yo‘l ustaxonasi» loyihasini amalga oshirish masalalarini atroflicha muhokama qildi.

Muzokaralar davomida Toshkent davlat transport universiteti va Pekin transport universiteti o‘rtasida qo‘shma hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

Mazkur kelishuv ta’lim va ilmiy almashinuvni kengaytirish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda xalqaro loyihalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA