Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pekin shimolida kuchli suv toshqinlari yuz berdi
14:42 / 2025-07-29

Pekinning shimoliy chekka hududlarida kuzatilgan kuchli yomg‘irlar kamida 30 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, minglab odamlar evakuatsiya qilindi.

“CNN” xabariga ko‘ra, yirik suv toshqinlari yo‘llarni ham yuvib ketgan, ko‘plab qishloqlar elektrsiz qolib, ko‘chalar “daryo”ga aylangan.

Eng ko‘p zarar ko‘rgan hudud yarim million aholiga ega Miyun tumani bo‘lib, u yerda 28 kishi halok bo‘lgani tasdiqlandi. Yana 2 kishi Yanking tumanida vafot etdi. Pekinda qisqa vaqt ichida 543 mm gacha yog‘ingarchilik kuzatildi, bu shahar yiliga tushadigan o‘rtacha yog‘inning deyarli yarmiga teng.

XXR rahbari Si Szinpin barcha kuchlarni qutqaruv ishlariga safarbar qilishga chaqirdi. Hozirgacha 80 mingdan ortiq odam xavfsiz hududlarga ko‘chirildi.

Qutqaruvchilar qayiqlar va maxsus texnika yordamida odamlarni evakuatsiya qilmoqda. Ba’zi mahalliy fuqarolar o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, o‘nlab odamlarni qutqarishga muvaffaq bo‘lishdi.

Pekin ikki yil ichida ikkinchi marta shunday yirik suv toshqinlariga duch keldi. 2023 yilda shaharda so‘nggi 140 yildagi eng kuchli yog‘ingarchilik kuzatilib, 33 kishi halok bo‘lgandi.

Musulmon Ziyo, O‘zA