Kelayotgan yanvarda Tayvan ma’muriyati rahbari saylovi bo‘lib o‘tadi, bu Xitoyning ichki ishi hisoblanadi, AQSH jarayonga aralashishni bas qilishi kerak, deb bayonot berdi XXR Davlat kengashi devonining Tayvan ishlari bo‘yicha rasmiy vakili Chju Fenlyan matbuot anjumanida.
Tayvan ma’muriyati rahbari 2024 yil 13 yanvarda saylanadi. Orolning amaldagi rahbari Say Inven ushbu lavozimni qatorisiga ikki muddat egallagan, endi qayta saylanishga haqi yo‘q.
Avvalroq Tayvanni boshqarayotgan Demokratik taraqqiyot partiyasi o‘z raisi, orol ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Lay Sindeni nomzod sifatida ko‘rsatgan edi.
Chju Fenlyan ta’kidlashicha, yaqinda San-Fransiskoda bo‘lib o‘tgan Amerika – Xitoy sammitida Qo‘shma Shtatlar Tayvan bo‘yicha Xitoy oldida jiddiy siyosiy majburiyat olgan edi. Prezident Jo Bayden Tayvan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamasligini bildirgan.
“Qo‘shma Shtatlar va’dasini bajarishi, Tayvan mustaqilligi tarafdori bo‘lgan kuchlarga yolg‘on signal yuborish hamda saylovga aralashishni bas qilishi lozim”, – ta’kidlagan rasmiy vakil.