Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pekin-2022: Komiljon To‘xtayev navbatdagi bashlarga kirishmoqda
22:58 / 2022-02-15

Pekinda davom etayotgan qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Komiljon To‘xtayev 16 fevral kuni slalom dasturidagi musobaqalarda bahslarga kirishadi.

15 fevral kuni hamyurtimiz italiyalik murabbiyi Mattia Jianessi bilan so‘nggi tayyorgarlikni o‘tkazishdi.

Mashg‘ulotlar yakunida Komiljon To‘xtayev va uning murabbiyi Mattia Jianessi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatiga Pekin-2022 bahslari haqida so‘zlab berishdi.

- Komiljonning Pekin olimpiadasidagi gigant slalomdagi chiqishidan ko‘nglim to‘ldi. 13 fevral kuni o‘tgan o‘ta shiddatli va noqo‘lay ob-havo sharoitidagi bahslarda 90 nafardan oshiq ishtirokchi orasida To‘xtayev kuchli 30 talikdan joy oldi. Bu natijasi bilan u Osiyo chang‘ichilari orasida birinchi bo‘ldi. Albatta, yevropalik kuchli sportchilar bilan olimpiadada musobaqada olib borishning o‘zi bo‘lmadi. Ishonamanki, 16 fevralda olimpiya o‘yinlarining slalom bahslarida u eng yaxshi ko‘rsatkichga erishadi, - dedi italiyalik murabbiy.

O‘z navbatida, Komiljon To‘xtayev qishki olimpiadaning eng murakkab musobaqasi gigant slalom ortda qolganini, dasturni muvaffaqiyatli yakunlaganlar orasida borligini va bu unga yanada ishonch bag‘ishlayotganini ta’kidlab, “bu energiya menga slalomda biroz tavakkalchilik bilan tezlikni oshirishga chorlayapti. Nasib qilsa, olimpiadaning men uchun so‘nggi dasturi bo‘lgan bahsni ko‘ngildagidek o‘tkazaman”, deya ishonch bildirdi.

Ortda qolgan qishki Olimpiya o‘yinlarining navbatdagi kun bahslari sarhisobiga binoan hamon Norvegiya peshqadamlik qilmoqda. Ular 15 fevral kungi dasturdan o‘rin olgan chang‘i ikkikurashi, konkida yugurish va biatlon bahslaridagi oltin medallari bilan umumjamoadagi yetakchilikni yanada mustahkamlab olishdi. Germaniya va AQSH termalari keyingi sovrinli qatorlarni band etib turibdi.

16 fevral kuni oq olimpiada ishtirokchilari 6 ta sport turining 8 ta yo‘nalishidagi medallar uchun murosasisiz bahslarda ishtirok etishadi. Shuningdek, uchta yo‘nalishda saralash musobaqalari bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Komiljon To‘xtayev 16 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:15 da birinchi startini amalga oshiradi. Ikkinchi bor esa soat 10:45 da trassaga chiqishi belgilangan.

O‘zA