Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pekin-2022: bugunning ilk g‘oliblari aniqlandi
10:26 / 2022-02-18

Pekin shahrida davom etayotgan Qishki olimpiya o‘yinlarining o‘n to‘rtinchi kunida fristaylning xafpayp yo‘nalishida g‘oliblar nomi aniqlandi.

Ayollar o‘rtasidagi fristaylning xafpayp yo‘nalishida xitoylik Eylin Gu Olimpiada chempioni bo‘ldi. Mezbonlar vakilasi 95,22 ball bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Kanada terma jamoasi a’zosi Kessi Sharp 90,75 ball bilan kumush medalga ega chiqqan bo‘lsa, uning vatandoshi Reychel Karker (87,75 ball) bronza medali bilan taqdirlandi. Finalda jami 12 sportchi ishtirok etgan. Ularning har biri uchtadan imkoniyatdan foydalandi.

O‘zA