Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pekin 2022: birinchi oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchi kim?
16:03 / 2022-02-05

Pekinda o‘tkazilayotgan qishki Olimpiya o‘yinlarida ilk oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchi nomi ma’lum bo‘ldi.

Bugun ayollar chang‘i poygasida (skiatlon (7,5 km / 7,5 km) medallar uchun kurash olib borildi. Natijada norvegiyalik chang‘ichi Tereza Yoxaug musobaqada birinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi.  

Ushbu bahsda rossiyalik sportchi Natalya Nepryayeva ikkinchi o‘rinni egallab, dastlabki kumush medal sohibiga aylangan bo‘lsa, birinchi bronza medal avstriyalik chang‘ichi Tereza Stadloberga nasib etgan.