Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pediatriya va davolash yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan umumiy tibbiyot fakulteti ochiladi
15:04 / 2025-11-10

Bugungi uchrashuv salkam bir asrdan buyon shifokor tayyorlab kelayotgan Toshkent davlat tibbiyot universitetida bo‘layotgani bejiz emas.

–Tibbiyotga yuqori texnologik uskunalar olib kiryapmiz, yangi klinikalarni barpo etyapmiz. Ularda kim ishlaydi? Albatta, Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari bo‘lgan o‘g‘il-qizlarimiz mehnat qiladi.   

Shu bois, tibbiy ta’limdagi islohotlarimizni davom ettirib, oilaning barcha yoshdagi a’zolariga malakali tibbiy xizmat ko‘rsata oladigan oilaviy shifokorlik institutini rivojlantirishimiz zarur, – dedi Prezident.   

Kelgusi o‘quv yilidan tibbiyot oliygohlarining bakalavr bosqichida pediatriya va davolash yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan umumiy tibbiyot fakulteti ochilishi e’lon qilindi. Ularda oilaviy shifokorlik mutaxassisligi bo‘yicha rezidentura va magistratura ham yo‘lga qo‘yiladi. 

Rezidenturada ta’lim olayotgan talabalar bepul o‘qish bilan birga oilaviy shifokor sifatida ishlab maosh oladi. Rezidentura bitiruvchisi oilaviy shifokorlik bo‘yicha tor soha diplomi va 150 foizli ustama oladi.   

O‘zA