Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pedagoglarning huquqiy, psixologik mas’uliyatini oshirish masalalari muhokama qilindi
13:17 / 2026-02-27

Mamlakatimizning kelajagi yoshlar salohiyatiga tayanadi. Shuning uchun ham ularga davlatimiz rahbari tomonidan ulkan ishonch va mislsiz imkoniyatlar berilmoqda. Yosh avlodning ma’naviyati, ilmiy salohiyati bevosita pedagoglarga bog‘liq.

Ayniqsa, bugungi turli axloqiy o‘zgarishlar davrida millatimiz o‘zligini saqlab qolish, milliy g‘urur va o‘zbekona ruhga putur yetmasligi uchun pedagoglarning mehnati beqiyos. Shuning uchun ham ularning malakalari muntazam oshirib borilishi muhim jarayon hisoblanadi.

Shu maqsadda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ta’lim muassasasida xavfsiz muhitni shakllantirish, pedagog va xodimlarning huquqiy, psixologik mas’uliyatini oshirish mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlig‘i, podpolkovnik  Shirin  Normatova oliy ta’lim tizimida sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlash, pedagoglarning kasbiy etikasi va shaxsiy namunasini mustahkamlash dolzarb vazifa ekanini ta’kidladi. Jamiyatda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktik ishlar samaradorligini oshirish masalalariga ham to‘xtaldi.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, yuridik fanlar doktori, professor  Feruza Muhiddinova ta’lim muassasalarida kasbiy etika, qonunchilik talablari hamda pedagog xodimlarning javobgarligi yuzasidan atroflicha ma’lumot bergan bo‘lsa, Uchtepa tumani “Hazrat Umar” jome masjidi imom-xatibi jamiyatda odob-axloq, o‘zaro hurmat va ma’naviy qadriyatlarning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Tadbir davomida ochiq muloqot tashkil etilgani ham ayni muddao bo‘ldi. Negaki, unda ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini erkin tarzda bildirdi.

Davra suhbati pedagog va ishchi xodimlar orasida mas’uliyat, hurmat va professional madaniyatni mustahkamlashga qaratilgani bilan yanada muhim ahamiyat kasb etdi.

Sherbek Islomov, O‘zA