French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pedagoglarning hujjatlar bilan ishlash borasidagi malakasi oshirildi
14:21 / 2026-02-03

Andijonda “Ta’lim jarayoni samaradorligini baholashda qat’iy nazoratdagi hujjatlarning ahamiyati” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomli ijod maktabida tashkil etilgan tadbirda viloyatdagi prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari direktorlari hamda ularning o‘rinbosarlari, maktab maslahatchilari, kadrlar menejerlari, psixologlar va fanlar bo‘yicha metod birlashma rahbarlari ishtirok etdi.

Seminar ochilishida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish va nazorat qilish mexanizmlari takomillashib borayotgani ta’kidlandi.

Tadbir davomida ta’lim jarayonini rejalashtirishda hujjatlar bilan ishlash, ichki nazoratni tashkil etish, me’yoriy hujjatlarni amaliyotda qo‘llashda uchrayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

[gallery-27454]

Shuningdek, mashg‘ulotlar jarayonida mutaxassislar tomonidan ish hujjatlarini to‘g‘ri yuritish, ulardan ta’lim natijalarini tahlil qilishda foydalanish bo‘yicha tushunchalar berildi hamda amaliy misollar orqali izohlar keltirildi.

– Seminar davomida qat’iy nazoratdagi hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldik, – deydi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktori Shoxistaxon Nurmatova. – Bu esa kelgusida ta’lim jarayonini yanada tizimli tashkil etishga xizmat qiladi.

Qiziqarli o‘tgan seminar-trening ishtirokchilarning mavzu doirasidagi, shuningdek, kasbiy bilim va tajribalarini yanada boyitdi.

F. Ubaydullayev, 

Z. Umrzoqov (foto), O‘zA muxbirlari