Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish davom etmoqda
08:37 / 2025-11-04

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyatida pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlari reja asosida amalga oshirilmoqda.

Hozirga qadar jami 26 ming 452 nafar pedagog-xodim attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza topshirgan. Ulardan 20 ming 726 nafarining murojaati qabul qilingan, 5 ming 726 pedagogning hujjatida kamchilik aniqlangani sababli rad etilgan.

Attestatsiya jarayonlari Farg‘ona shahridagi 28-umumta’lim maktabida tashkil etildi. Tadbir uchun 250 ta kompyuter ish holatiga keltirilib, ularning barchasi internet tarmog‘iga ulandi. Ishtirokchilar uchun qulay kutish joylari va 150 o‘rinli oshxona ham faoliyat ko‘rsatmoqda.

Jarayonni samarali o‘tkazish maqsadida ichki ishlar bo‘limi, milliy gvardiya, sog‘liqni saqlash tizimi, televideniye, elektr tarmoqlari, “O‘ztelekom” hamda boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

[gallery-26058]

Attestatsiya belgilangan grafik asosida kuniga 6-7 smenada o‘tkazilmoqda.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA