FOTOREPORTAJ
Xiva shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar va maktab-internatlarda faoliyat yuritayotgan pedagoglar uchun 2023/2024 o‘quv yili oldidan seminar-trening tashkil etildi.
Seminarda yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanish yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Birinchi smenada kimyo, biologiya, texnologiya, tasviriy san’at, geografiya, jismoniy tarbiya fanlari o‘qituvchilari ishtirok etdi. Amaliy mashg‘ulotlar qizg‘in suhbat va munozaralarga boy bo‘ldi.
[gallery-13152]
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA