Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pedagoglar tajriba almashdi
13:48 / 2026-03-10

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi Prezident maktabida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning ilg‘or tajribalarini umumta’lim muassasalariga tatbiq etish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda pedagoglar o‘rtasida tajriba almashish maqsadida tashkil etilgan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilar ishtirok etdi. 

Tadbir davomida Prezident maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan turli innovatsion loyihalar taqdim etildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari maktabning zamonaviy moddiy-texnik bazasi, laboratoriyalari, o‘quv xonalari, kutubxona hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. 

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.