English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pedagoglar Malayziyada malaka oshirmoqda
13:50 / 2025-11-21

Ma’lumki, davlatning ertangi kuni yoshlarning qay darajada bilimli ekani bilan bevosita bog‘liq. Shu bois, ta’lim tizimini rivojlantirish masalasiga hukumat darajasida e’tibor qaratilmoqda.

Tizimda halqaro hamkorliklar asosida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, soha xodimlarining bilim va malakasini oshirish maqsadida shu kunlarda Toshkent shahridan 60 nafar o‘qituvchidan iborat delegatsiya a’zolari Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida o‘tkazilayotgan “Innovatsion o‘qitish metodlari” dasturida ishtirok etmoqda.

Poytaxt hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, birinchi kun mashg‘uloti milliy liboslar kuni bilan boshlandi.  

Shuningdek, pedagoglar sun’iy intellekt texnologiyalarini darsda samarali joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan tanishdi. Mazkur xalqaro hamkorlik dasturi o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA