Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pedagoglar malaka test sinovlaridan o‘tmoqda
00:20 / 2025-10-23

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, joriy yilning avgust-dekabr oylarida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari malaka test sinovlaridan o‘tkazilishi belgilangan.

Sinov jarayonlari joriy yilning 12 noyabrga qadar davom etadi.

Toshkent shahar va Toshkent viloyati ta’lim muassasalari pedagoglari ishtirokidagi attestatsiya sinovlari poytaxtimizda joylashgan Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazida tashkil etilmoqda.

O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, sinovlar ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda mutaxassislik fanidan pedagoglarning bilimi (bilish, qo‘llash, mulohaza qilish ko‘nikmalari), ikkinchi bosqichda ularning pedagogik mahoratlari baholanadi.

Birinchi bosqichda  pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi baholanadi. Bunda pedagoglarga mutaxassislik fani bo‘yicha 35 ta hamda kasbiy standartlariga oid 5 ta test savollari beriladi.

Ikkinchi bosqichda  pedagogik mahorati baholanadi. Bunda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida 10 ta savol-topshiriq beriladi.

Har ikkala bosqich ham kompyuterda real vaqt rejimida (onlayn) o‘tkazilmoqda. Buning natijasida tashqi aralashuvning oldi olinib, inson omili aralashuviga barham beriladi.

Joriy sinovlarda 40 dan ortiq fanlardan dars beruvchi 180 mingga yaqin pedagoglar qatnashmoqda.

Attestatsiya natijalariga doir elektron shakldagi sertifikatlar pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga yuboriladi.

N.Usmonova,

O‘zA