English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pedagoglar mahoratini oshirish yo‘lida xalqaro tajriba
13:23 / 2026-01-19

Pedagoglarning kasbiy mahoratini doimiy oshirib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Tashkil etiladigan mahorat darslari o‘qituvchilarga zamonaviy ta’lim usullari, innovatsion texnologiyalar va interaktiv metodikalarni o‘rganish imkonini beradi. Shu orqali pedagoglar o‘z tajribasini boyitadi, o‘quvchilar bilan ishlashda yangi yondashuvlarni qo‘llaydi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamda YUNESKO hamkorligida master-trenerlarni tayyorlash dasturi olib borilmoqda. “Uslubiy ekspertiza, rejalashtirish, tashkil etish va baholash” mavzusiga bag‘ishlab tashkil etilgan navbatdagi trening mashg‘ulotlari YUNESKO eksperti, professor Katarina Popovich tomonidan olib borildi.  

Treningda qatnashgan master-trenerlar keyinchalik xalqaro mutaxassislar bilan birgalikda Buxoro, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlaridan tanlab olingan 300 nafar mentor uchun o‘quvlar tashkil etishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, trening davomida ishtirokchilar turli nazariyalarga asoslangan didaktik tanlovlar, ehtiyojlarni turli darajalarda baholash, kompetensiyaga yo‘naltirilgan natijalarni shakllantirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishdi.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA