O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim tashkilotlarining talabalari uchun Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasini ta’sis etish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Unga muvofiq, 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim tashkilotlarining talabalari uchun Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.
Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasi pedagogika yo‘nalishidagi har bir oliy ta’lim tashkilotining bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan bir nafar oxirgi ikki kurs talabasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekistonning o‘quvchi yoshlarini rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida" 1993 yil 5 fevraldagi PF-555-son Farmonida belgilangan talablar asosida tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993 yil 5 fevraldagi "O‘zbekistonning o‘quvchi yoshlarini rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida"gi PF-555-son Farmoniga muvofiq pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasini ta’sis etishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
O‘zA