Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pedagogika universitetida zo‘ravonlikka qarshi targ‘ibot
15:50 / 2021-11-24

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida «Zo‘ravonlikka qarshimiz!» mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbir Ichki ishlar vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi hamkorligida bo‘lib o‘tdi.  

Unda dunyoda zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish, shaxs huquq-manfaatlarini himoya qilish - barcha davlatlar uchun muhim ahamiyat kasb etishi va bunday holatlardan himoyalanish usullari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Ma’lumot uchun, tadbir O‘zbekiston Respublikasining gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi va xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatlari o‘rtasida imzolangan hamkorlik ish rejasidagi «Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun kun» kampaniyasi doirasida bo‘lib o‘tdi.

 

Maftuna KARIMOVA, O‘zA