English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pedagogika universiteti bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash maslasi muhokama qilindi
13:22 / 2021-12-01

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda universitet rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda yosh malakali, kuchli salohiyatga ega pedagog kadrlarni yetishtirish, ularni Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablariga ishga jalb qilish masalalari muhokama etildi.

2021 yilda 2 968 nafar talaba Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini bitirdi. Shulardan 1 707 nafari maxsus yo‘llanma asosida respublikamizning umumiy o‘rta ta’lim maktablarida dars bermoqda. 2022 yilda esa 3 495 nafar bitiruvchi universitetni tamomlashi kutilmoqda.