Pedagogik fanlarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlar: muammo va yechimlar...
Bugun Qo‘qon davlat pedagogika institutida “Pedagogik fanlarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlar: muammo va yechimlar” nomli xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Tadbirni institut prorektori N. Jo‘rayev ochib berdi va institut rektorining konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
Konferensiya dasturidan pedagogik fanlarning metodologik asoslari, pedagogik fanlarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlar, pedagogik fanlarni o‘qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanish istiqbollari kabi masalalar o‘rin olgan bo‘lib, qatnashchilar mavzularni muhokama qilishdi.


Oflayn va onlayn tarzda tashkil qilingan xalqaro konferensiya ishida respublikamizning taniqli olimlaridan tashqari Polsha, Qozog‘iston, Belarus Respublikasi, Rossiya davlatlaridan ham mutaxassislar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
O‘zA