French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pedagog kadrlarni kasbiy setifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi
16:02 / 2024-02-16

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentda:

pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi;

kasbiy sertifikat olish uchun murojaat qilish hamda nazorat sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish;

nazorat sinovlari yakunlari bo‘yicha pedagog kadrlarga kasbiy sertifikat berish tartibi belgilab berilgan.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-o‘qituvchilar, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab esa bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining tegishli toifaga ega bo‘lmagan pedagog kadrlari kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi.

Reglamentga muvofiq, 2024 yilning 1 martidan boshlab pedagog kadrlar faqat davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan Raqamli texnologiyalar vazirligi zimmasiga 2024 yil 1 martga qadar davlat xizmatlarining YAIDXP orqali joriy etish, YAIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning ko‘rib chiqilishi kuzatib borilishini ta’minlash vazifasi yuklatilgan.

O‘zA