Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pedagog doim o‘z ustida ishlashi kerak
15:56 / 2022-08-16

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasida an’anaviy avgust konferensiyasi doirasida “Farg‘ona viloyatida maktabgacha ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzuida tadbir o‘tkazildi.

Ta’kidlanganidek, maktabgacha ta’lim muassasalarida mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, bolani maktabga tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish talab etiladi. Ta’lim sifatini ta’minlashning muhim shartlaridan biri bilimli pedagoglar jamoasini shakllantirishdir. Pedagoglarning kasbiy mahorat darajasini oshirish, xodimning psixologik bilimga ega bo‘lishi, bola bilan munosabatga kirishishi va uning rivojlanishi, sog‘ligi, dunyoqarashi va boshqa xususiyatlaridan qat’iy nazar har jihatdan kamol topishiga ko‘maklashishi lozim bo‘ladi. Bunda  pedagoglar muttasil o‘z ustida ishlashi va faoliyatini tanqidiy tahlil qilib borishi zarur.  

[gallery-8340]

– Joriy yilning birinchi yarim yilligida Qo‘qon va Marg‘ilon pedagogika kolleji bazasida Maktabgacha ta’lim klasteri tashkil etildi, - deydi viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Yulduz Xo‘jayeva. – Shuningdek, yil davomida Investitsiya dasturi doirasida 16 ta va “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida 17 ta, jami 33 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunda qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Bu ishlar uchun jami 108,1 milliard so‘m mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan.

Tadbir davomida yutuqlar bilan birgalikda sohada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga to‘xtalib o‘tildi.  Jumladan, hududlarda 3-7 yoshli bolalarning qamrovi yetarli darajada emasligi, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 124 tasi ta’mirtalab holatda ekanligi aytib o‘tildi.

2021/2022 o‘quv yili davomida maktabgacha ta’lim tizimi rivojidagi munosib hissasi, kelajak avlodni tarbiyalashdagi sharafli mehnati hamda erishgan yutuqlari uchun viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi mutaxassisi Muzaffar Ahmedov, Oltiariq maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘limi rahbari Xolisxon Apandiyeva, Yozyovon maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘limi rahbari Xonzoda Sarimsoqova va Beshariq tumani 6-maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi Nilufar Isaqova vazirlikning faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. Tadbir ishtirokchilariga kitob jamlanmalari sovg‘a qilindi. 

Muqimjon QODIROV (surat),O‘zA