Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayden yangi prezident ma’muriyati tarkibini qachon e’lon qiladi?
14:00 / 2020-11-24

AQSHda prezidentlik saylovida g‘olib chiqqan Jo Bayden ma’muriyatidagi lavozimlarga ilk nomzodlar bugun e’lon qilinishi kerak.

Bill Klintonning spikeri hamda Baydenning ko‘p yillik maslahatchisi (jumladan milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha), 58 yoshli Entoni Blinken Oq uyning 46-rahbari qo‘l ostida davlat kotibi bo‘lishi mumkin. Baydenning sobiq maslahatchisi Xillari Klinton va Barak Obama, 44 yoshli Jeyk Sallivan ham prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi lavozimiga nomzod qilib ko‘rsatiladi.

Federal zaxira tizimining sobiq rahbari, 74 yoshli Janet Yellen yoki Federal zaxira kengashi a’zosi Layel Brainard (qaysi biri bo‘lsa ham ushbu lavozimda ilk ayol) yangi prezident ma’muriyatida moliya vaziri lavozimiga asosiy da’vogar sifatida qaralmoqda.

76 yoshli Jon Kerri hukumatga prezidentning iqlim masalalari bo‘yicha maxsus maslahatchisi sifatida qaytishi mumkin. Kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, Jo Baydenning nazarida iqlim va ekologik muammolar muhim ahamiyat kasb etadi.

Ilk bor Ichki xavfsizlik vazirligini ispan Amerikasi vakili – Gavanada tug‘ilgan 60 yoshli Alexandro Mayorkas boshqarishi mumkin. U advokat yordamchisi lavozimidan to AQSH Fuqarolik va immigratsiya xizmati rahbarligigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan.

Bayden milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchining sobiq o‘rinbosari Avril Xeynsni Milliy razvedka boshlig‘i etib tayinlamoqchi. U 2015-2017 yillarda ushbu lavozimda ishlagan va undan oldin Markaziy razvedka boshqarmasi direktorining o‘rinbosari sifatida ham faoliyat olib borgan.

Va nihoyat, 2013-2017 yillarda davlat kotibining Afrika ishlari bo‘yicha yordamchisi bo‘lib ishlagan Linda Tomas-Grinfild AQSHning BMTdagi doimiy vakili lavozimiga tayyorlanmoqda.

Ayrim ekspertlar allaqachon yangi prezident ma’muriyati tarkibini "Barak Obamaning uchinchi kabineti" deb atashmoqda.

Behruz Xudoyberdiyev