Payzullayeva Umida Furqat qizining biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Autoimmun kasalliklarda immun javobini shakllantirishda ichak mikrobiomasi” mavzusida
Payzullayeva Umida Furqat qizining 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya ixtisosligi bo‘yicha “Autoimmun kasalliklarda immun javobini shakllantirishda ichak mikrobiomasi” mavzusidagi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 28 iyul kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100060, Toshkent shahri, Ya.G‘ulomov ko‘chasi 74-uy. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti.
Tel.: (+99871) 207 08 30;
e-mail: immunology@academy.uz