Payg‘amova Mahliyo Ilxomjonovnaning kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Oqova suvlar tarkibidagi organik birikmalarni tozalash uchun o‘simlik biomassasi asosida uglerodli adsorbentlar olish texnologiyasi” mavzusida
Payg‘amova Mahliyo Ilxomjonovnaning 02.00.11-Kolloid va membrana kimyosi ixtisosligi bo‘yicha “Oqova suvlar tarkibidagi organik birikmalarni tozalash uchun o‘simlik biomassasi asosida uglerodli adsorbentlar olish texnologiyasi” mavzusidagi kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi Qo‘qon davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/08.05.2025.K/T.130.04 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil, 24-dekabr, soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 150700, Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri. Turon ko‘chasi, 23-uy. Qo‘qon davlat universiteti.
Tel.: +998735423838
e-mail: kokandsu@exat.uz