Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Payariqda byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan
10:55 / 2025-04-17

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Payariq tuman bo‘limi tomonidan ushbu tumandagi yo‘llardan foydalanish korxonasida byudjetdan ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi o‘rganilganda 112 million so‘m byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan korxona mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Samarqand viloyat prokuraturasi, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari korxona va tashkilotlar, muassasalarda byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan muntazam o‘rganishlar o‘tkazib, sodir etilgan jinoyat uchun jazo muqarrarligidan ogohlantirmoqda.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri