Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Payariq tumaniga hokim tayinlandi
18:07 / 2023-08-16

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining bugun o‘tkazilgan navbatdan tashqari sessiyasida Isroil Ismoilovich Jabborov Payariq tumani hokimi vazifasiga tasdiqlandi.

I.Jabborov ushbu tayinlovga qadar Samarqand viloyati kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

2021 yil avgust oyidan Payariq tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Z.Ergashev shu yil 11 iyul kuni Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bir qator tuman va shaharlar hokimlari qatorida vazifasidan ozod etilgan edi.  

Sessiyada Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov ishtirok etdi va Payariq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratishda rahbarlar oldida turgan vazifalarga to‘xtaldi. O‘z navbatida tumanning yangi rahbari Payariq tumanida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha taqdimot qildi.  

G‘.Hasanov, O‘zA.