Tayinlov
Xalq deputatlari Paxtaobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala – Paxtaobod tumani hokimini tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Sessiyada tuman hokimi lavozimiga Sattarov Davronbek Xasanboyevich nomzodi bir ovozdan ma’qullanib, tuman hokimi vazifasiga tayinlandi.
Davronbek Sattarov 1984 yilda Andijon viloyati Paxtaobod tumanida tug‘ilgan. U 2005 yilda Andijon davlat tillar pedagogika institutini (kunduzgi), 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat boshqaruvi akademiyasini (kunduzgi) tamomlagan.
Davronbek Sattarov ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, Andijon viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida faoliyat olib borgan.
O‘zA