French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Paxtalikkoʻl” kichik sanoat zonasi ish boshladi
22:46 / 2019-08-29

Davlatimiz mustaqilligining 28 yilligi bayramiga munosib tuhfa sifatida foydalanishga topshirilgan mazkur sanoat zonasining ochilishiga bagʻishlangan tantanali marosimda viloyat va Namangan shahar hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari, faxriylar hamda yoshlar vakillari ishtirok etdi.


Davlatimiz mustaqilligining 28 yilligi bayramiga munosib tuhfa sifatida foydalanishga topshirilgan mazkur sanoat zonasining ochilishiga bagʻishlangan tantanali marosimda viloyat va Namangan shahar hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari, faxriylar hamda yoshlar vakillari ishtirok etdi.

Marosimda viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy resurslari va ulardan samarali foydalanish orqali hududni rivojlantirish, iqtisodiyotni yuksaltirish barobarida aholining hayot farovonligini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz yuritildi. Jumladan, “Paxtalikkoʻl” kichik sanoat zonasini barpo etish ham shunday ezgu maqsadlar yoʻlidagi koʻlamli loyihalar sirasidandir.

“Paxtalikkoʻl” kichik sanoat zonasiga 2,8 gektar yer maydoni ajratilgan boʻlib, u yerda yengil sanoat, qurilish industriyasi hamda oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida umumiy qiymati 41,5 milliard soʻmlik (Tadbirkorlik subyektlarining oʻz mablagʻi hisobidan 35,5 milliard soʻm va 6 milliard soʻm bank krediti) 15 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Mazkur loyihalarga muvofiq kichik sanoat zonasida import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan erkaklar va bolalar uchun poyabzallar, kostyum, kurtka kabi mavsumbop kiyimlar, atlas, adras, doka hamda byaz matolari, qandolatchilik mahsulotlari, yogʻochni qayta ishlash, mebel, metall panjara va darvozalar kabi qurilish ashyolari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

Ramziy lenta qirqilib, kichik sanoat zonasi ochilgani eʼlon qilingach, marosim ishtirokchilari bu yerda ishga tushirilgan korxonalar faoliyati bilan tanishdi.

– Bundan 14 yil oldin faoliyatimizni uch sotixli hovlimizdagi kichik ustaxonada boshlagan edik, – deydi “Amir” savdo yorligʻi bilan poyabzal ishlab chiqarayotgan “Istiqbol poyabzal savdo” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari M.Rasulov. – Oʻtgan davr mobaynida tadbirkorlik sohasida turli muammo va qiyinchiliklarni bosib oʻtib, katta tajriba toʻpladik. Taqdim etgan biznes rejamiz asosida bizga imtiyozlarga ega kichik sanoat zonasidan yer maydoni ajratib berildi. 6 milliard soʻm sarmoya sarflab korxona bino inshootlarini qurdik. Turkiya, Xitoy, Germaniyaning texnologik dastgohlar liniyasini keltirib ishga tushirdik, oyiga 2 ming juft poyabzal tayyorlash quvvati yaratildi. Boshlanishida 13 kishi ishlaydigan kichik seximiz, bugun sakson kishilik katta mehnat jamoasiga aylandi. Kelgusi yilda loyihamizning navbatdagi bosqichini ham ishga tushiramiz va yana 40 ta yangi ish oʻrni yaratiladi. Shuningdek, mahsulotimizni Rossiyaga eksport qilish ustida hamkorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Tadbirkorlarga qulay shart-sharoitlar yaratib berilishi natijasida oʻtgan qisqa vaqt mobaynida, yaʼni joriy yilning birinchi yarmi yakuniga qadar kichik sanoat zonasida umumiy qiymati 26,2 milliard soʻmlik 10 ta loyiha – “Istiqbol poyabzal savdo”, “Grand Mans Vear”, “Marjon”, “Karimov Aziz”, “Temir Poʻlat dizayn”, “Otash qurilish invest”, “Isoqjon Mirzohid”, “Habib Hamkor Impeks”, “Roziqov Axad”, “Pover plyus produkt” kabi korxonalar, xususiy va yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari ishga tushirilib, ularda 840 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi. Hududdagi barcha loyihalar toʻliq ishga tushirilsa, 1200 nafardan ziyod kishi ish bilan taʼminlanishi koʻzda tutilgan.

Maʼlumot uchun: Prezidentimizning 2018-yil 2-iyuldagi “Namangan viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida Namangan shahrida 6 ta kichik sanoat zonasi tashkil etish belgilangan.

Tadbirkorlar tashabbusi bilan umumiy qiymati 1229,4 milliard soʻm boʻlgan 211 ta loyiha amalga oshirilishi koʻzda tutilgan kichik sanoat zonalarida birin-ketin zamonaviy texnologiyalar asosidagi loyihalar amalga oshirilmoqda. Qariyb 124 gektar yer maydonini egallagan “Orzu”, “Paxtalikkoʻl”, “Yuksalish”, “Xonobod”, “Mashad”, “Zarbdor” kabi 6 ta kichik sanoat zonasida rejalashtirilgan barcha loyihalar toʻliq quvvat bilan ishga tushirilishi natijasida 16 mingdan ziyod yangi ish oʻrni yaratiladi.

“Paxtalikkoʻl” kichik sanoat zonasining ochilishiga bagʻishlangan tantanali marosimda Namangan viloyati hokimi X.Bozorov soʻzga chiqdi.

photo5422452093475728110.jpg

photo5422452093475728112.jpg

photo5422591533883960115.jpg

photo5422591533883960117.jpg

photo5422819772741037259.jpg