Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Paxtakor»ning xalqaro musobaqadagi uy uchrashuvi «Bunyodkor»da o‘tkaziladi
16:07 / 2024-07-09

Xabaringiz bor, joriy yilning sentyabr oyidan boshlab Osiyo futbol konfederatsiyasining (OFK) yangi formatdagi Elit chempionlar ligasi o‘yinlari start oladi. Mazkur musobaqada mamlakatimiz nomidan Superliga g‘olibi sifatida «Paxtakor» klubi ishtirok etadi.

Afsuski, «Paxtakor» jamoasining uy stadioni xalqaro uchrashuvlarni o‘tkazish talabiga javob bermasligi bois, Elita chempionlar ligasi musobaqasining uy uchrashuvlari «Bunyodkor» stadionida o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida: «Bunyodkor» stadionida «Bunyodkor» klubidan tashqari, poytaxtning yana bir jamoasi «Lokomotiv» Superliga uchrashuvlarini o‘tkazadi. Shuningdek, FIFA kunlarida O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham undan foydalanadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA