Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Paxtakorlik qizlar “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” uchun kuch sinashdi (+video)
20:57 / 2026-02-06

FOTOREPORTAJ

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida o‘quvchi-qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada tumandagi 15 ta umumta’lim maktabi jamoalari ishtirok etib, g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi. Bellashuvlar musobaqa Nizomi talablari asosida yuqori saviyada tashkil etildi.

[gallery-27520]

— O‘quvchi-qizlar o‘rtasida futbol sportini ommalashtirish, ularni jismonan chiniqtirish, jamoaviylik va raqobat ruhini shakllantirish musobaqaning asosiy maqsadi, - deydi Paxtakor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining bosh mutaxassisi Gavhar Xo‘jamqulova. — G‘olib jamoa viloyat va respublika bosqichlarida ham munosib ishtirok etishiga ishonamiz. Musobaqa davomida jamoalarning faolligi, jipsligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishi yaqqol namoyon bo‘ldi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlar tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, 8-umumta’lim maktabi jamoasi 1-o‘rinni egallab, tuman bosqichi g‘olibi deb topildi va viloyat bosqichida tuman sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdi. 2-o‘rin 4-maktab jamoasiga, 3-o‘rin esa 7-maktab qizlar jamoasiga nasib etdi.

G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ErlWS-BCqHo" title="Paxtakorlik o`quvchi-qizlar o`rtasida futbol bo`yicha musobaqa bo`lib o`tdi." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Jamshid YORBEKOV (surat, video), O‘zA