FOTOREPORTAJ
Jizzax viloyatidagi olis, chekka hududlarda bolajonlarni maktabgacha ta’limga to‘liq qamrab olish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu maqsadda Paxtakor tumanidagi “Buyuk ipak yo‘li” MFYda zamon talablariga mos 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ishga tushirildi. Shunday qilib, ushbu mahallada 3-6 yoshli o‘g‘il-qizlarning MTTga qamrovi yuz foizga yetdi.
Shukuni “Olmazor” MFYdagi Olmachi qishlog‘ida ham barcha qulayliklarga ega 12-sonli DMTT bolalarga o‘z bag‘rini ochdi.
Aynipaytda tumanda 3-6 yoshli bolajonlar soni 6 ming 706 nafarni tashkil qiladi. Hozirda bu yerda 16 ta davlat, 3 ta xususiy, 86 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda va ularda 3 ming 700 nafar kichkintoy ta’lim-tarbiya olmoqda.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/V_8mhzi_xc4?si=O1hupNLSucjrFgKz" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jamshid YORBEKOV(surat,video),O‘zA