Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Paxtakorda yangi bog‘chalar ko‘paymoqda (+video)
10:39 / 2024-10-12

FOTOREPORTAJ

Jizzax viloyatidagi olis, chekka hududlarda  bolajonlarni maktabgacha ta’limga to‘liq qamrab olish bo‘yicha tizimli ishlar amalga  oshirilmoqda.  

Ushbu maqsadda Paxtakor tumanidagi “Buyuk ipak yo‘li” MFYda zamon talablariga mos 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ishga tushirildi. Shunday qilib, ushbu mahallada 3-6 yoshli o‘g‘il-qizlarning MTTga qamrovi yuz foizga yetdi.  

Shu kuni “Olmazor” MFYdagi Olmachi qishlog‘ida ham barcha qulayliklarga ega 12-sonli DMTT bolalarga o‘z bag‘rini ochdi.  

[gallery-19712]

Ayni paytda tumanda 3-6 yoshli bolajonlar soni  6 ming 706 nafarni tashkil qiladi. Hozirda bu yerda 16 ta davlat, 3 ta xususiy, 86 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda va ularda  3 ming 700 nafar kichkintoy ta’lim-tarbiya olmoqda.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/V_8mhzi_xc4" title="Paxtakordayangi bogʻchalar koʻpaymoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Jamshid YORBEKOV (surat, video), O‘zA